Quantcast
Channel: Lorem.uz –Ўзбекистон ва жаҳон янгиликлари
Viewing all 420 articles
Browse latest View live

«Golos» prodyuserlari yangi mavsum hakamlari tarkibini ma’lum qilishdi

$
0
0
Download PDF

«Golos» loyihasining beshinchi mavsumida Dima Bilan, Polina Gagarina, Leonid Agutin va Grigoriy Leps ustoz-hakamlar bo‘lishadi.

«Golos» prodyuserlari yangi mavsum hakamlari tarkibini ma’lum qilishdi

Amerikadagi The Voice shousining Rossiyadagi talqini bo‘lmish «Golos» teleshousi 2012 yilning oktyabrida ilk bora Birinchi kanal efirida paydo bo‘lgandi va tezda teletomoshabinlar mehrini qozondi.

O‘tgan mavsumda hakamlar tarkibi Leps, Gagarina, reper Vasiliy Vakulenko (Basta) va musiqachi Aleksandr Gradskiydan iborat edi. Bu to‘rtlik dastlabki 3 mavsumda ham birga ishlagandi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida


Chexiya 2016 yilda boshqa birorta qochqinni qabul qilmasligi aytildi

$
0
0
Download PDF

Chexiya joriy yilda Yevropa Ittifoqi va Anqara o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra Turkiyadagi birinchi 80 nafar qochqinni qabul qilishi kerak edi, lekin buni qilmaydigan bo‘ldi.

Chexiya 2016 yilda boshqa birorta qochqinni qabul qilmasligi aytildi

Bunga sabab Chexiya maxsus xizmatlari muhojirlarni sinchkovlik bilan tekshirayotganidir, buning uchun esa anchagina vaqt talab qilinadi.

“Xavfsizlik nuqtai nazaridan qochqinlar juda chuqur tekshirilmoqda va ko‘rinishicha, bu jarayon yil oxirigacha yakunlanmaydi. Shuning uchun biz yil oxirigacha birorta muhojirni qabul qilishimiz dargumon”, deb aytdi respublika televideniyesidagi chiqishi vaqtida Xovanes.

Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra Chexiya 3 yil ichida 3 ming muhojirni qabul qilishi kerak.

Vazir noqonuniy muhojirlarning Germaniyada nazoratsiz qabul qilinishini “falokatli” deb atadi va bunday holat Chexiyada hech qachon yuz bermasligini aytdi. “Yevropa xaritasida Chexiya qizil rang bilan belgilangan. Muhojirlar bu yerda yevropacha huquq amal qilishini biladilar va agar ular chegarani noqonuniy kesib o‘tsalar, unda darholoq izolyatorga tushadilar”, deb ta’kidlab o‘tdi Xovanes.

Xovanes, shuningdek, Turkiyada yaqindagi davlat to‘ntaruviga urinish va Suriyadagi harbiy operatsiyadan keyin vaziyat beqarorligini eslatib o‘tdi. “Men turklar Suriya foydasiga harakat qilmay, o‘zining kurdlar bilan muammosini hal qilayapti, deb gumon qilmoqdaman. Turkiya hozirda kurdlarga nisbatan yarayotgan keskinlikning avj olishi hozirda 2,7 mln muhojir bo‘lgan Turkiyaning o‘zida beqarorlikka olib kelmasa edi, deb xavotirlanmoqdaman”, deb qo‘shimcha qildi Xovanes.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Rossiya va AQSH kuzda o‘zaro kelishgan holda Halab bo‘ylab zarbalar berishni boshlashi mumkin

$
0
0
Download PDF

Rasmiy Moskva va Vashington Suriyaning Halab shahridagi jangarilarga qarshi shu yilning sentyabr oyi o‘rtalaridan o‘zaro hamkorlikda hujum qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

Rossiya va AQSH kuzda o‘zaro kelishgan holda Halab bo‘ylab zarbalar berishni boshlashi mumkin

“Tomonlar sentyabr oyi o‘rtalaridan Halabdagi jangarilarning pozitsiyalariga muvofiqlashtirilgan holda zarbalar yo‘llashni boshlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda”, deya ma’lumot bergan Rossiya-Amerika maslahatlashuvlariga yaqin manba.

Qayd etilishicha, sentyabrda Halab atrofida qurollarini topshirib Suriya hukumatiga taslim bo‘lishdan bosh tortgan jangarilargina qoladi.

“Qolgan jangarilar o‘rab olinadi va bombardimon qilinadi”, deyilgan manba ma’lumotida.

U rejada bu harakatlarda Suriya HHK samolyotlari ishtiroki xususida hech qanday ma’lumot bermagan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

YouTube ijtimoiy tarmoqqa aylanadimi?

$
0
0
Download PDF

Dunyoning eng yirik videoxostingi internetda tanilayotgan shaxslar va ularning muxlislarini raqiblar platformasiga o‘tishdan saqlab qolish uchun o‘z servisi ustida ishlashni rejalashtirmoqda.

YouTube ijtimoiy tarmoqqa aylanadimi?

YouTube kanali Backstage deb nomlangan yangi funksiyani ishlab chiqmoqda, u foydalanuvchilarga o‘z kanallarida suratlar, so‘rovnomalar, havolalar va matnli xabarlar joylashtirish imkonini beradi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Amerikalik o‘smir Messi, Ronaldu va Ronaldino ham “ura olmagan” uslubda gol urdi

$
0
0
Download PDF

Amerikadagi maktab jamoalaridan biri bo‘lmish «Kolumbayn» jamoasi futbolchisi Dilan Prichett-Ettner internet yulduziga aylandi. Unga «Tander Ridj» maktabi jamoasiga qarshi o‘yinda uzun pas uzatildi, Dilan va to‘p yo‘liga darvozabon chiqdi hamda Dilan darvozabon ustidan salto qilib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Lekin darvozabon to‘pni ham o‘tkazib yuboradi va saltoni muvaffaqiyatli bajargan hujumchi unga ega chiqib, bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylagan.

Lekin futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biri bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu gol hisobga olinmagan, hakam ofsayd holatini qayd etgan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Rossiyada paraplanerchi 400 metr balandlikdan qulab tirik qoldi

$
0
0
Download PDF

Leningrad viloyatilik 30 yoshli erkak paraplanda parvoz qilayotganda nazoratni yo‘qotib, 400 metr balandlikdan yerga qulagan. U baxtli tasodif tufayli tirik qolgan.

Rossiyada paraplanerchi 400 metr balandlikdan qulab tirik qoldi

Hodisa Modolitsa qishlog‘ida ro‘y bergan. Yakshanba, 28-avgust kuni kechqurun politsiya mahkamasiga kelgan xabarda, 1986-yilda tavallud topgan erkak shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelingani ma’lum qilingan. U paraplanda uchayotgan vaqtda qulab tushgani bois, bosh-miya jarohati olgani va og‘ir ahvolda ekanini ta’kidlangan.

Life saytining xabariga ko‘ra, jabrdiydaning o‘ng boldir suyagi singani va bel sohasida jarohat olgani aniqlangan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Norvegiyada 323ta bug‘u chaqmoq zarbi tufayli halok bo‘ldi

$
0
0
Download PDF

Norvegiyadagi Xardangervidda milliy bog‘ida chaqmoq zarbasi birdaniga 323ta bug‘uni halok qildi.

Norvegiyada 323ta bug‘u chaqmoq zarbi tufayli halok bo‘ldi

Norvegiya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi vakili Elin Fossxaug Olsening ma’lum qilishicha, jonivorlarning jasadlari 50 metr kv maydondan topilgan.

Olsening aytishicha, bu kamdan-kam ro‘y beradigan hodisa bo‘lib, bungacha ekspertlar shuncha bug‘uning birdaniga halok bo‘lgani hodisasini qayd etishmagandi.

Norvegiyalik mutaxassislar buning aniq izohini keltira olishmayapti. Taxmin qilinishicha, ular bir-birlariga yopishib, to‘planib turgani tufayli birdaniga jon berishgan bo‘lishi mumkin.

Bungacha chaqmoq zarbi yetkazgan eng yirik halokat 2005 yili Avstraliyada qayd etilgan, o‘shanda chaqmoq zarbi tufayli bir vaqtning o‘zida 68 sigir halok bo‘lgandi. Bunday vaziyatda odamlarning halokati bilan bog‘liq eng yirik hodisa Peruda qayd etilgan. 1971 yili chaqmoq LANSA aviakompaniyasi samolyotiga urilishi oqibatida 91 kishi vafot etgan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Ruminiyalik ekstremal 256 m balandlikdagi trubada yurib xavfli tryuklarni bajardi

$
0
0
Download PDF

Ruminiyalik ekstremal 256 m balandlikdagi trubada yurib xavfli tryuklarni bajardi

Flaviu Chernesku o‘zining navbatdagi xavfli sarguzashtlari tasvirlangan videolarni namoyish etdi. Bu safar ruminiyalik bu taniqli ekstremal Tigru-Jiu shahridagi 256 m balandlikdagi minora yuqorisida trubalar ustida yurib, 3ta apelsinni qo‘llarida aylantirgan holda jonglyorlik qilgan. U shuningdek, temir bo‘laklariga bir qo‘li bilan osilib turgan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida


Shotlandiyaning 2 klubi Angliya chempionatiga qabul qilinishi mumkin

$
0
0
Download PDF

Shotlandiyaning «Seltik» va «Reynjers» jamoalari Angliya futboli piramidasiga qo‘shilishi mumkin.

Shotlandiyaning 2 klubi Angliya chempionatiga qabul qilinishi mumkin

Angliya futbol ligasi ijrochi direktori Shon Xarvining ma’lum qilishicha, bu masala Liga klublari yig‘ilishida o‘rtaga tashlanadi. Bu yig‘ilishda professional ligalar sonini 5taga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Agar beshinchi liga tashkil etilsa, «Seltik» va «Reynjers» APLning beshinchi divizioniga qabul qilinishi mumkin.

Bundan oldingi xabarlarda, Angliya futbol ligasi 2019 yilda APLdan tashqari mavjud 3ta professional liga o‘rniga yana 4ta liga tashkil qilmoqchiligi, har bir diviziondagi ishtirokchi jamoalar sonini 20taga tushirishni (chempionshipda 24ta jamoa ishtirok etadi – tahr.) rejalashtirayotgani aytilgandi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishiga aniqlik kiritildi

$
0
0
Download PDF

Prezident qaroriga binoan 4 sentyabr yakshanba dam olish kuni 2 sentyabr juma kuniga ko‘chirilgani haqida xabar berilgan edi. Bu qaror tufayli ko‘pchilikda yangi o‘quv yilining ilk kuni qachon bo‘lishi borasida savollar tug‘ilmoqda edi. Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z saytida bu savollarga aniqlik kiritdi.

Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishiga aniqlik kiritildi

“Oliy ta’lim muassasalarida yangi 2016/2017 o‘quv yili 4 sentyabr, yakshanba kunidan boshlanadi. Bu haqida 28 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi barcha OTM rektorlari va filiallar direktorlariga yo‘llagan №87-04-1393-sonli xatda ma’lum qilingan”, degan mutaxassis.

Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ham yangi o‘quv yilining dastlabki kuni 4 sentyabr, yakshanba kuni etib belgilandi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida ham 1, 2 va 3 sentyabr kunlari dam olish kuni bo‘ladi va 4 sentyabr, ya’ni yakshanba kunidan ota-onalar o‘z farzandlarini bog‘chalarga olib borishlari mumkin bo‘ladi.

Ishchilar borasida esa, mazkur qaror 5 kunlik ish haftasiga ham, 6 kunlik ish haftasiga ham taalluqli.

5 kunlik ish haftasida, ya’ni shanba rasman dam olish kuni bo‘lgan tashkilot xodimlari 1, 2, 3 sentyabr kunlari dam olishadi va 4 sentyabr, ya’ni yakshanba kuni ishga chiqishadi.

6 kunlik ish haftasida, ya’ni shanba kuni rasman ish kuni bo‘lgan tashkilot xodimlari 1 va 2 sentyabr kuni dam olishadi, 3 va 4 sentyabr kunlari odatdagidek ishga chiqishadi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

BMW kompaniyasi Z4 rodsterini ishlab chiqarmaydi

$
0
0
Download PDF

Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi 2009-yildan Regensburgdagi zavodida ishlab chiqarilgan Z4 modeli konveyerini to‘xtatdi. 7 yil mobaynida 115 mingdan ortiq rodster ishlab chiqilgan.

BMW kompaniyasi Z4 rodsterini ishlab chiqarmaydi

Konveyerdan chiqqan so‘nggi BMW Z4 top modifikatsiyadagi sDrive35is bo‘ldi. Unga 3 litrli, olti silindrli juft-turbo motor o‘rnatiladi. Bu dvigatel, 450 aylanish lahzasida 340 ot kuchi bera oladi. Motor yetti bosqichli, ikkita ulovchiga ega avtomatik uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltiradi.

Ushbu rodster 4,5 soniyada “yuz”ga chiqa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 250 km bilan chegaralangan.

Xabarlarga ko‘ra, BMW Z4 o‘rnida kompaniya yapon firmasi Toyota bilan hamkorlikda Z5 modelini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Yaponiya kompaniyasi ayni platformada ishlab chiqaruvchi modeli namunasida Supra nomini qayta jonlantirmoqchi.

Biroq, Germaniya va Yaponiya avtomobilsozlik gigantlarining mashinalari dizayni jihatidan farqlanadi. Bundan tashqari, o‘rnatiladigan dvigatellari ham bir xil bo‘lmaydi. Avstriyaning Magna Steyr kompaniyasi quvvatlaridagi ishlab chiqarish jarayoni 2018-yildan boshlanadi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Abdulaziz Kamilov Shvetsiya elchisini qabul qildi

$
0
0
Download PDF

29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shvetsiya Qirolligining yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersmanni qabul qildi.

Abdulaziz Kamilov Shvetsiya elchisini qabul qildi

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Shvetsiya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi, shuningdek “O‘zbekiston–Yevropa Ittifoqi” shaklidagi ikki tomonlama munosabatlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Qirg‘iziston mamlakat poytaxtida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda

$
0
0
Download PDF

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat poytaxti Bishkek shahrida xavfsizlik choralarini kuchaytirish va xorijiy elchixonalarni qo‘riqlash ishlarini kuchaytirish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bunga, 30-avgust kuni ertalab, hudkush terrorchi avtomobilda Xitoy elchixonasiga borib urilgach, portlash yuz bergani sabab bo‘lgan.

Qirg‘iziston mamlakat poytaxtida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda

Bu voqea oqibatida 5 kishi yengil jarohatlangan. Hujum qilgan terrorchi o‘zini portlatib yuborgan. Hodisa “terrorchilik” deya baholangan. Rasmiy Pekin voqeaga “jiddiy terrorchilik hujumi”, deya izoh bergan.

“Prezident Almazbek Atambayev poytaxt va mintaqalarda aksilterror amaliyotlarni olib borish, xususan muhim ahamiyatga molik va diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlashni kuchaytirishga ko‘rsatma berdi”, – deyiladi davlat rahbari saytida.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

“Gazprom” “Turk oqimi” borasidagi muzokaralarni 31-avgustdan qayta tiklaydi

$
0
0
Download PDF

“Gazprom” 31-avgustdan e’tiboran “Turk oqimi” gaz quvuri qurilishi ishlarini qaytadan boshlash bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklaydi.

“Gazprom” “Turk oqimi” borasidagi muzokaralarni 31-avgustdan qayta tiklaydi

“Muzokaralar amalda boryapti, bu jarayon Turkiya iqtisodiyot vazirining Rossiya energetika vaziri bilan uchrashuvida boshlangan edi. Jarayonni qayta tiklash borasida kelishuvga erishilgan edi. ‘Gazprom’ boshqaruvi raisi Aleksey Miller ertaga Turkiyaga safar qilishi kutilmoqda. Men ham u yerga ketyapman, jarayon amalda ishga tushdi”, — dedi Medvedev.

Loyiha ustidagi ishlar qaytadan boshlab yuborilishi haqida bir muddat ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilgan edi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Putin: Arktika geosiyosiy o‘yinlardan xoli hudud bo‘lishi kerak

$
0
0
Download PDF

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonot berishicha, Arktika mintaqasi, turli harbiy bloklarning geosiyosiy o‘yinlari, turli xil maxfiy kelishuvlar va ta’sir doirasini belgilab olish kabilardan xoli hudud bo‘lishi lozim.

Putin: Arktika geosiyosiy o‘yinlardan xoli hudud bo‘lishi kerak

Putinning ta’kidlashicha, Rossiya uning milliy manfaatlariga rioya qilinganda Arktikani tinch yo‘l bilan o‘zlashtirish va boshqa davlat manfaatlarini hurmat qilishga tayyor.

“Ishonchim komilki, Arktika umumiy va bo‘linmas xavfsizlik prinsiplari negizida ochiq va teng huquqli muloqot uchun maydon sifatida tan olinishi kerak. Bunda, harbiy bloklarning geosiyosiy o‘yinlari, yashirin kelishuvlar va ta’sir doirasi taqsimlab olinmaydi. Rossiya bundan keyin ham mazkur mintaqani o‘z milliy manfaatlariga rioya qilingan va boshqa davlatlarning manfaatlarini hurmat qilgan holda tinch o‘zlashtirish tarafdori bo‘lib qolaveradi”, — deyiladi Arktika mamlakatlari kengashi uchrashuviga yo‘llagan maktubida.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida


7-sentabr kuni iPhone 7 smartfoning taqdimoti bo’lib o’tadi va taqdimot translatsiyasi to’g’ridan-to’g’ri Lorem.uz saytida amalga oshiriladi

$
0
0
Download PDF

Apple kompaniyasi 7-sentabr kunidagi taqdimot uchun taklifnomalarni tarqatib ulgurdi. Ushbu taqdimotda uzoq kutilgan iPhone 7, Apple Watch 2 va yangilangan Macbook PRO taqdim etiladi. Taqdimot San-Fransiskoda Toshkent vaqti bilan 22:00da bo’lib o’tadi. Ushbu taqdimotni online translatsiyasini to’g’ridan-to’g’ri Lorem.uz saytidan ko’rishingiz mumkin. Ayni shu paytda lorem.uzga kirishni unutmang!

7-sentabr kuni iPhone 7 smartfoning taqdimoti bo'lib o'tadi

Yangi iPhone dizayni va xususiyatlari haqidagi mish-mishlar tarqalib ulgurdi. Texnologlarning so’zlariga qaraganda iPhone 7 iPhone6’dan keskin farq qiladi. Bundan tashqari iPhone 7 smartfoni 2 kamerali bo’ladi degan taxminlar ham mavjud.

Apple Watch 2 MacBook Pro iPhone 7

 

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

The Beatles a’zosi Jon Lennon qotilining muddatidan avval qamoqdan chiqish arznomasi to‘qqizinchi marta rad etildi

$
0
0
Download PDF

AQShning Nyu-York shtati rasmiylari Britaniyaning The Beatles asoschilaridan biri, guruh yetakchisi – Jon Lennonni 1980-yilda otib o‘ldirgan Mark Devid Chepmenga to‘qqizinchi marta muddatidan avval qamoqdan chiqish iltimosini rad etdi. Bu haqda 61 yoshli jinoyatchining arznomasini ko‘rib chiqqan tegishli komissiyaning chop etilgan bayonotida ma’lum qilindi.

The Beatles a’zosi Jon Lennon qotilining muddatidan avval qamoqdan chiqish arznomasi to‘qqizinchi marta rad etildi

Chepmen uyushtirgan qotilligi uchun Nyu-York shtatining g‘arbiy qismidagi qattiq tartibli jazoni o‘tash muassasasida umrbod jazo muddatini o‘tamoqda. U qilgan ishidan afsusda ekanini ma’lum qilib, doimiy ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqish haqida iltimos qiladi. So‘nggi bor u 2014-yilda arznoma bergan. Keyingi imkoniyat Chepmenga 2018-yilda beriladi.

Jon Lennonning bevasi Yoko Ono marhum turmush o‘rtog‘i qotilining ozodlikka chiqishiga bir necha bor qarshi chiqqan. Ayolning ta’kidlashicha, qotil qamoqdan chiqsa, o‘zi va ikki nafar o‘g‘li uchun katta xavf tug‘diradi.

Mark Devid Chepmen 1980-yilning 8-dekabrida, Nyu-York markazidagi “Dakota” nomli bino oldida The Beatles yetakchisini otib o‘ldirgandi. Lennon ovoz yozish studiyasidan uyga qaytayotganda qotil to‘pponchadan unga qarata besh marta o‘q uzgan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Ueyn Runi: JCH-2018 musobaqasidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman

$
0
0
Download PDF

Angliya terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan keyin o‘zining terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi ekanini ma’lum qildi.

Angliya terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan keyin o‘zining terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi ekanini ma’lum qildi.

“O‘ylashimcha, Rossiyadagi musobaqadan so‘ng xalqaro futbol bilan xayrlashish uchun yaxshi qulay fursat bo‘ladi. Men shu qarorga keldim. JCH-2018 musobaqasi Angliya terma jamoasi bilan nimadir yutish uchun so‘nggi imkoniyat va milliy terma jamoadagi faoliyatimni ajoyib yakunlash uchun astoydil harakat qilaman”, – dedi futbolchi.

30 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasi tarkibida 115ta uchrashuv o‘tkazib, 53ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Moskvada O‘zbekiston–Rossiya vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

$
0
0
Download PDF

30-avgust kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2016–2017-yillar uchun mo‘ljallangan Hamkorlik dasturiga ko‘ra vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

1-82

Rossiya tomonidan TIV MDH Birinchi departamenti direktori Mixail Yevdokimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Maslahatlashuvlar davomida MDH doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Zimbabveda brakonyerlikning oldini olish uchun 700 karkidonning shoxi kesib olinadi

$
0
0
Download PDF

Zimbabve hukumati karkidonlar brakonyerlarning asosiy o‘ljasiga aylanayotgani bois bu turga mansub 700 jonivorning shoxlarini kesib olishni rejalashtirmoqda.

Zimbabveda brakonyerlikning oldini olish uchun 700 karkidonning shoxi kesib olinadi

“Biz brakonyerlarga ular bu yerga kelgan taqdirda hech narsa topa olmasliklarini ko‘rsatmoqchimiz. Milliy bog‘lar rahbariyati barcha karkidonlarning shoxlarini kesib olmoqchi”, — dedi jarayonlarda ishtirok etayotgan faol.

Ayolning so‘zlariga qaraganda, shoxlarni arralab olib tashlash operatsiyasiga 1,2 ming dollar sarflanadi. Milliy bog‘lar hududida 100 ga yaqin karkidon yashaydi, qolganlari esa shaxsiy qo‘riqxonalarda istiqomat qiladi.

Karkidon shoxi qora bozorda o‘ta xaridorgir mol hisoblanadi. Talabning oshib borishi sayin bu turdagi jonivorlar soni ham qisqarib bormoqda. Jumladan, 2015-yilda Afrikada rekord darajada (1305) karkidon o‘ldirildi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Viewing all 420 articles
Browse latest View live