Quantcast
Channel: Lorem.uz –Ўзбекистон ва жаҳон янгиликлари
Viewing all 420 articles
Browse latest View live

Shohruhhon va Asalning ajrashishi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi

$
0
0

Bugun, 26 avgust kuni xonanda Shohruhxonning ma’muri tahririyatimizga qo‘ng‘iroq qilib, OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritish istagida ekanini aytdi.

Shohruhhon va Asalning ajrashishi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi

Uning ma’lum qilishicha, bugun “Darakchi” nashri “Shohruhxon: “Salom, ozodlik”. Yulduzli juftlikning sevgisi yakun topdimi?” nomli maqola chop etgan”. Maqolada keltirilishicha, “Xonanda Shohruhxon o‘zining Instagram’dagi sahifasiga muxlislari o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan suratni joyladi. Suratda qoq o‘rtasidan bo‘lingan yurakni yigit va qiz ko‘tarib ketayotgani tasvirlangan. Xonanda suratga “Salom, ozodlik” deya izoh qoldirgan”.

Kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan animatsion suratga asoslangan holda “Darakchi” nashri “Yulduzli juftlikning sevgisi yakun topdimi?” nomli sarlavha bilan odamlar e’tiborini tortishga urindi va buning uddasidan ortig‘i bilan chiqa oldi. Butun respublika bo‘ylab “Shohruhxon va Asal ajrashganmish” qabilidagi gap-so‘zlar tarqaldi. Mazkur savol bilan tahririyatimizga murojaat qilganlar ham bo‘ldi. Shohruhxonning ma’muri biz bilan bog‘lanar ekan, jurnalistlarni o‘zbilarmonchilikda ayblab, OAVni sarlavha orqali bo‘hton tarqatishga urinayotganini ta’kidladi.

“Shohruhxon va Asalning oilasi tinch. Hech qanday shov-shuvga o‘rin yo‘q. Bugun ular yangi klipning tasvirga olish ishlari bilan band. OAV tarqatayotgan xabari bilan birovning tinch hayotiga, turmushiga daxl qilmasligi kerak, menimcha”, deydi xonandaning ma’muri. U so‘zi so‘nggida respublika bo‘ylab ajrim haqidagi gaplar tarqalishiga faqat “Darakchi”da chiqqan maqola sabab bo‘lganini aytdi.

“Darakchi” Shohruhxon va Asalning ajrashishi bilan bog‘liq gap-so‘zlarni yanada avj oldirishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Nashrning ta’kidlashicha, “Shohruhxon va Asalning shaxsiy sahifasidan ularning aksariyat birga tushgan suratlari o‘chirib yuborilgan. Asalning Instagram’dagi sahifasida Shohruhxon bilan birga tushgan bironta ham surat qolmagan. Bu holat esa mish-mishlarni tobora avj oldirmoqda”.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida


“Beeline” saytida “O‘zbekiston 25” digital-loyihasi taqdim etildi

$
0
0

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Public Media” agentligi va “UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish markazi” DUK qo‘llab-quvvatlashi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston 25” digital-loyihasini taqdim etmoqda.

“Beeline” saytida “O‘zbekiston 25” digital-loyihasi taqdim etildi

Voqeani sharlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: ““Beeline” katta ishtiyoq bilan haqiqatdan ham vatanparvarlik tuyg‘usi bilan to‘lgan mazkur “O‘zbekiston 25” loyihasini bosh hamkor sifatida qo‘llab-quvvatladi. Mustaqillikning yubiley sanasi yaqinlashmoqda, va biz Vatanimizning shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlarini vatandoshlarimiz bilan birgalikda eslash imkonini taqdim etishdan mamnunmiz. Buning eng quvonchlisi va ramziyligi shundaki, sovg‘a digital-formatda amalga oshirilgan va har kim smartfon, planshet, yohud desktop kompyuterdan kirishidan qat’iy nazar adaptiv formatda taqdim etilgan”.

“Beeline” saytida “O‘zbekiston 25” digital-loyihasi taqdim etildi

“O‘zbekiston 25” loyihasi http://25.beeline.uz/uz/ havolasi bo‘yicha joylashtirilgan va yosh respublikamiz tarixidagi eng esda qolarli sanalarini ko‘rsatgan holda mamlakatning mustaqil rivojlanishini elektron solnomasi sifatida amalga oshirilgan.  Hamma uchun tanish bo‘lgan voqealar, shuningdek keng auditoriya uchun noma’lum bo‘lgan paytlar haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishish istagi paydo bo‘lishi shubhasiz – buning uchun saytning interfeysida eng ommabop ijtimoiy tarmoqlarning belgilari keltirib o‘tilgan, ularning yordamida esa bir tugmaning bosilishi orqali shaxsiy profilda “O‘zbekiston 25” loyihasiga havolani joylashtirish mumkin.

“Beeline” saytida “O‘zbekiston 25” digital-loyihasi taqdim etildi

Tafsilotlar http://25.beeline.uz/uz/ saytida.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Guvohlar Moskva omborida halok bo‘lganlarning aksariyati qizlar ekanligini aytmoqda

$
0
0

Moskva shimolidagi omborda yong‘in tufayli halok bo‘lganlarning aksariyati qizlar ekanligini ta’kidlashmoqda.

Guvohlar Moskva omborida halok bo‘lganlarning aksariyati qizlar ekanligini aytmoqda

“Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati omborda ishlagan qizlardir”,- dedi Shokirov.

Avvalroq guvohlar halok bo‘lganlardan biri 16 yashar qiz bo‘lganligi haqida aytib o‘tgan edi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

OAV: Su-24 Turkiya armiyasiga Suriyadagi amaliyotlarni boshlashga xalaqit bergan

$
0
0

Turk muxolifati namoyandasi Fathulloh Gulen tarafdorlari va Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq hodisa, Turkiya armiyasiga Suriyaning Jarablus shahrida jangovar harakatlarni bir yil avval boshlashiga imkon bermagan edi, deb yozmoqda Hurriyet nashri yuqori lavozimli turk mulozimiga tayangan holda.

OAV: Su-24 Turkiya armiyasiga Suriyadagi amaliyotlarni boshlashga xalaqit bergan

«Turk hukumati quruqlikdagi amaliyotlar ustida 2 yildan ortiq vaqt ishladi. Biz Jarablusga kirishga yaqin turgan edik. 2015-yil iyunida koalitsiyadagi ittifoqchilar, xususan Qo‘shma Shtatlar bilan bu masala muhokama qilingandi», — degan manba nashrga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «mudofaa ma’muriyatidagi ayrim qo‘mondonlar Turkiyaning rejalarini barbod qilishni istagan».

«Ular, harbiy qudratning yetishmasligini uqdirish kabi turli bahonalarni ilgari surishgan, bu o‘z navbatida hukumatga ISHIDga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga imkon bermagan».

Yuqori lavozimli turk mulozimining aytishicha, gap Gulen tarafdorlari bo‘lgan va o‘tgan oyda davlat to‘ntarishida ishtirok etgan harbiylar haqida bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Jarablusning Turkiya va Suriya ozod armiyasi tomonidan jangarilardan tozalanishi «turk harbiylarining bu kabi jangovar topshiriqlarni bajarishga har doim tayyor turganini isbotlaydi».

Uning qayd etishicha, Rossiya HKKning Su-24 samolyoti bilan bog‘liq noxush voqea ham jangovar harakatlarni boshlashga to‘sqinlik qilgan.

«Shundan so‘ng…havodan qo‘llab-quvvatlashning imkoni yo‘qqa chiqarilgach, rejalarni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan».

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya Rossiya bilan munosabatlarini tiklaganidan so‘ng, harbiy amaliyotlarni boshlash imkoniga ega bo‘lgan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Qirg‘iziston TIV Moskva omboridagi yong‘inda halok bo‘lgan fuqarolari sonini ma’lum qildi

$
0
0

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva shimolidagi omborda yong‘in tufayli halok bo‘lgan 17 odamdan 14 nafari Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Qirg‘iziston TIV Moskva omboridagi yong‘inda halok bo‘lgan fuqarolari sonini ma’lum qildi

“Ayni damda Rossiyadagi Qirg‘iziston IIV va elchixona vakillari voqea joyida ish olib borishmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in vaqtida halok bo‘lgan 14 kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi”, — dedi u.

Qirg‘iziston vakillari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda tekshiruv ishlarini olib borishmoqda.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

2 sentyabr dam olish kuni deb e’lon qilindi

$
0
0

O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan 2 sentyabr dam olish kuni, 4 sentyabr esa ish kuni deb e’lon qilindi.

2 sentyabr dam olish kuni deb e’lon qilindi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayramini nishonlash munosobati bilan, 4sentyabr, yakshanba dam olish kuni 2 sentyabrga ko‘chilirildi, deyilga prezident qarorida.

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligini bayram qilish munosobati bilan aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ish vaqtidan oqilona foydalanishi maqsadida: 2016 yilning 4 sentyabr yakshanba dam olish kuni 2sentyabr juma kuniga ko‘chirilsin”, – deyilgan qarorda.

26 avgust kuni e’lon qilingan ushbu qarorda 2016 yilning 4 sentyabri — ish kuni deb e’lon qilingan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Putin sakkiz generalni ishdan haydadi

$
0
0

Rossiya Tergov Qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 8 nafar nufuzli generallar o‘z lavozimidan bo‘shatildi.

Putin sakkiz generalni ishdan haydadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ichki Ishlar vazirligi va Tergov Qo‘mitasi organlarida ishlayotgan sakkiz nafar generalni o‘z lavozimidan bo‘shatish haqida buyruq imzoladi, deb xabar bermoqda huquqiy xabarlar portali. Rossiya Tergov Qo‘mitasi Bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Dmitriy Shershakov va general-mayor Vitaliy Frolovlar prezident buyrug‘iga asosan o‘z lavozimlaridan bo‘shatilgan. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha Bosh Boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Vadim Antonov, uning o‘rinbosari general-mayor Vyacheslav Andreyev, Orenburg viloyati FVV Bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Petr Ivanov, Rossiya IIVning Qo‘riqlash Bo‘linmasi Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-mayor Aleksey Laushkin hamda Tambov viloyati Tergov Qo‘mitasi rahbari general-mayor Aleksandr Tiskovskiylar ham o‘z lavozimidan ozod qilindi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Tolibon Afg‘onistonning sharqiy tumanlaridan birini egallab oldi

$
0
0

Pajvak agentligi xabariga ko‘ra, Djani Kxel tumani uchun bo‘lgan janglarda Afg‘oniston Xavsizlik qo‘shnlaridan 50 kishi, Tolibon jangarilardan esa 200 kishi qurbon bo‘lgan.

Tolibon Afg‘onistonning sharqiy tumanlaridan birini egallab oldi

Tolibonning 1200 jangaridan iborat guruhi juma kechqurun Afg‘oniston sharqiy tumanlaridan biriga hujum qilib, uni egallab oldi, deb xabar qilmoqda Tolonews telekanali.

Pajvak agentligi xabariga ko‘ra, Pokiston bilan chegaradosh bo‘lgan, Paktika viloyatining Djani Kxel tumanida uchun bo‘lgan janglarda Afg‘oniston Xavsizlik qo‘shnlaridan 50 kishi, Tolibon jangarilardan esa 200 kishi qurbon bo‘lgan.Tuman ma’muriyati rahbari, Abdu Rahmon Solamalaning so‘zlariga qaraganda, Afg‘oniston markaziy hukumati qo‘shnlari yordamga kelmagani sababli, Tolibon hujumi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtlarda Afg‘onistonda Tolibon radikal harakati va “Islom davlati” terrorchi tashkilotining faolligi kuchaydi. Afg‘oniston rasmiy hukumati jang qilayotgan guruh rahbarlarini jamlab tinchlik shartnomasi tuzish borasida qilgan sa’y-harakatlari ham natija bermadi. O‘tgan oy davomida Qobulda, o‘nlab kishining umriga zomin bo‘lgan, bir necha qonli teraktlar amalga oshirildi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida


O‘zbekiston – Suriya uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi

$
0
0

1 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi xabar qilingan edi.

O‘zbekiston - Suriya uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi

o‘yin chiptalari bugun, 27 avgust kuni sotuvga chiqarildi. Chiptalarni “Bunyodkor” stadioni kassalaridan xarid qilish mumkin.

JCH-2018 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan birinchi tur o‘yini xisoblangan O‘zbekiston – Suriya uchrashuvi 1 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Italiyada SMS vositasida 6 mln yevrodan ortiq mablag‘ to‘plandi

$
0
0

Italiya fuqaro muhofazasi departamenti mamlakatning markaziy tumanlarida yuz bergan dahshatli zilziladan so‘ng, 3 kun ichida 6 mln yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ishga erishgan. Bular, aholi tomonidan ko‘ngilli ravishda SMS vositasida yuborilgan pullardir.

Italiyada SMS vositasida 6 mln yevrodan ortiq mablag‘ to‘plandi

“Tabiiy ofatdan keyin 3 kun ichida 6 mln 120 ming 296 yevro pul to‘plandi”, -deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 290 nafarga yetgan. 400 nafarga yaqin odam turli darajada jabrlangan. 2 mingdan ortiq inson boshpanasidan ayrilgan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Bu yil haj safariga jo‘nagan o‘zbekistonlik hojilar o‘z tassurotlarini izhor etishdi

$
0
0

Islom dinining besh ruknidan biri bo‘lgan Haj ibodatini amalga oshirish niyatida mamlakatimizdan Saudiya Arabistoniga uchib ketgan yurtdoshlarimiz qalblari o‘zgacha sururga to‘lib, ziyoratlarini amalga oshirishda davom etmoqdalar. Boisi bu yerdagi qulay shart-sharoitlar, ibodatlarni emin-erkin bajarishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar yuqori darajada.

Bu yil haj safariga jo‘nagan o‘zbekistonlik hojilar o‘z tassurotlarini izhor etishdi

Bir necha yildan buyon ushbu ziyoratni niyat qilib, mana bu yil orzusi ushalgan mo‘’tabar onaxonlarimiz o‘z taassurotlarini biz bilan o‘rtoqlashdilar: “Avvalambor, bizga muborak Haj safarini nasib aylagani uchun Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz”, deydi Dilara aya Ahmedova. “Shu bilan birga yurtimizda istiqlol va hurlik sabab bugun mana shunday muqaddas shaharlarga tashrif buyurdik. Avvallari ota-bobolarimizga armon bo‘lgan Haj ibodatini erkinlikda amalga oshirmoqdamiz, biz uchun yaratilgan qulay imkoniyatlarni sanab adog‘iga yetolmaymiz. Ayniqsa, go‘zal O‘zbekistonimizning 25 yillik to‘yi arafasida bu bizga juda katta sovg‘a bo‘ldi. Buning uchun muhtaram Prezidentimizga tashakkur”.

Bu yil haj safariga jo‘nagan o‘zbekistonlik hojilar o‘z tassurotlarini izhor etishdi

Ziyoratchilarimizdan Mavluda aya Nigmanovaning ko‘zlarida ham sevinch yoshlari. Onaxon buning sababini quyidagicha izohlaydilar: “Bu yerga butun yer yuzidan mo‘min-musulmonlar tashrif buyurgan. Bir jihat borki, men qatori barcha yurtdoshlarimizni juda quvontiradi. Ko‘chalarda yurar ekanmiz, biz Buxoriy yurtidanmiz desak, hamma bizga o‘zgacha ehtirom ko‘rsatadi. Buxoriyning yurtdoshlari, deya havas bilan boqishadi. Ana shunda qalbimiz faxr va iftixor tuyg‘usiga to‘ladi. Buxoriyning vorislarimiz deya g‘ururlanib qo‘yamiz. Bu ham istiqlolimizning in’omi, desak yanglishmaymiz. Boisi istiqlol sabab bizni butun dunyo tanidi. Buxoriy, Termiziy, Moturidiy, Marg‘inoniylarning avlodlari ekanimizni jumlai jahon tan oldi”.

Ha, O‘zbekistondan tashrif buyurgan har bir ziyoratchining tiliyu dilida bugun shu fikrlar. Muqaddas shaharlarda elimizga tinchlik va totuvlik tilab duolar qilmoqdalar. Ularning ibodatlari Yaratgan huzurida qabul bo‘lishini tilab qolamiz.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Yurakni operatsiya qildirish uchun xorijga borish shart emas

$
0
0

Namangan viloyati kardiologiya markazida yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash va davolash samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Prezidentimiz rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, profilaktika va davolashga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

5 milliard 600 million so‘m mablag‘ evaziga qad rostlagan kardiologiya markazining uch qavatli yangi binosi 1 million dollarlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bu murakkab jarrohlik amaliyotlarini shu yerning o‘zida bajarish imkonini bermoqda.

– Bundan besh yil avval birinchi infarktni boshdan kechirganimdan keyin salomatlik naqadar ulug‘ ne’mat ekanini anglab yetdim, – deydi Namangan tumani Navbahor qishlog‘ida yashovchi Habibullo Ahmedov. – Bu dardning yana takrorlanmasligi uchun shifokorlar yuragimni operatsiya qilish lozimligini aytishdi. Bunday jarrohlik amaliyotini xorijda qildirishni tavsiya etganlar ham bo‘ldi. Shu maqsadda hujjat tayyorlab, safar tadorigini ko‘ra boshladim. Bir tanishim katta xarajat qilib chet elda nima bor, axir o‘zimizning viloyat kardiologiya markazi shifokorlari ham buni uddalay oladi, deb qoldi. To‘g‘risini aytsam, ishonib-ishonmay markazga keldim. Hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi, shifokorlarimiz zamonaviy tibbiy texnologiyalarni qo‘llagan holda yuragimni operatsiya qildi. Yaqinda tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, yuragim sog‘lom, ortiqcha xavotirga o‘rin qolmaganini eshitib, juda quvondim, faxrlandim. Bo‘lar ekan-ku! Mana, tibbiyot sohasida ham ilg‘or davlatlardan qolishmaydigan darajaga yetibmiz. Yaratganga shukr! Ko‘ngilsiz safar tashvishi, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz men sog‘lom hayotga qaytdim. Bundan boshim ko‘kka yetdi.

O‘tgan yili markazda 842 bemorda koronarografiya, 380 nafarida koronar arteriyalarini stentlash muolajalari bajarilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 200 dan ziyod yurtdoshimizda bunday jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi.

Markazning poliklinika va funksional diagnostika, qabulxona, klinik-diagnostik laboratoriya, 20 o‘rinli kardiojarrohlik, 10 o‘rinli rentgen endovaskulyar jarrohligi, 50 bemorga mo‘ljallangan kardiotserebral patalogiya va reabilitatsiya, 16 o‘rinli kardioreanimatsiya, anesteziologiya, har biri 30 o‘ringa mo‘ljallangan yurak aritmiyasi, arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalliklari, uchta zalga ega jarrohlik bo‘limlari, sun’iy qon aylanish laboratoriyasi, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan.

– Yurak ritmi buzilishi va kanallarida ikki kamerali kardiostimulyatorlarni o‘rnatish o‘zlashtirilgani, kardiojarrohlik bo‘limida sun’iy qon aylanish sharoitida va ishlab turgan yurakda jarrohlik aralashuvining barcha turlari va boshqa ko‘plab murakkab muolaja amaliyotlari bajarilayotgani davolash ishlari samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda, – deydi kardiologiya markazi bosh shifokori Nuriddin Bahriddinov. – Tibbiyot sohasida bunday ulkan muvaffaqiyatlarga erishilayotgani, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi keskin oshgani Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasidir.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi Zika virusi yuqtirilishi bilan bog‘liq 41 holatni tasdiqladi

$
0
0
Download PDF

Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda Zika virusi yuqtirilishi bilan bog‘liq 41 holatni tasdiqladi.

Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi Zika virusi yuqtirilishi bilan bog‘liq 41 holatni tasdiqladi

Vazirlikning 28-avgust, yakshanba kuni tarqatilgan bayonotida bildirilishicha, virus tarqalishi mamlakat ichida sodir bo‘lgani ehtimolga yaqin. Chunki bemorlardan hech biri epidemiologik nuqtai nazardan xavfli davlatlarda safarda bo‘lmagan.

Kasallikka chalinganlarning aksariyati —34 kishi to‘liq tuzalgan, qolganlar mahalliy kasalxonada davolanmoqda. Shahar-davlatning qator hududlarida virus tashuvchi chivinlarni yo‘q qilish uchun maxsus profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

“Yuventus” va “Lester” N’Zonziga qiziqish bildirmoqda

$
0
0
Download PDF

“Yuventus” jamoasi markaziy yarim himoyachi qidirishda davom etmoqda. Turinliklar “Sevilya” yarim himoyachisi Stiven N’Zonzini sotib olmoqchi. Shuningdek, unga “Lester” klubi ham qiziqish bildirib turibdi.

“Yuventus” va “Lester” N'Zonziga qiziqish bildirmoqda

Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra, andalusiyaliklar futbolchini 30 million yevroga sotib yuborishi mumkin. O‘tgan yili u “Stok Siti”dan “Sevilya”ga ko‘chib o‘tgandi. Ispaniya chempionatining avvalgi mavsumida Stiven 28ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Gvardiola: “SHakiri kabi futbolchilar kam o’ynagani uchun meni tanqid qilishadi”

$
0
0
Download PDF
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Stok Siti” yarim himoyachisi SHerdak SHakirining so’zlariga izoh berdi.
Gvardiola: "SHakiri kabi futbolchilar kam o'ynagani uchun meni tanqid qilishadi"

Oldinroq SHakiri “Bavariya”da ispaniyalik mutaxassis unga nega kam maydonga tushayotganini tushuntirmagani haqida aytgan edi.

“O’z faoliyatim davomida ko’plab futbolchilarga yordam berganman, ammo meni OAVda tanqid qiladiganlar ham bor. Ular kam o’ynaganliklari uchun bunday qilishadi. SHakiri ham aynan shu haqda gapirgan. Men unga nega zaxira o’rindig’ida qolayotganini tushuntirganman, bu ishni har dam olish kuni bajarar edim” – deydi Gvardiola.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida


Mourino: “MYU bir qancha vaqt Fellaynini maydonga tushira olmaydi va bu yaxshi emas”

$
0
0
Download PDF
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino “Xall Siti”ga qarshi bahsda yarim himoyachi Maruan Fellayni jarohat olganini malum qildi.
Mourino: "MYU bir qancha vaqt Fellaynini maydonga tushira olmaydi va bu yaxshi emas"

“Biz Fellaynini bir qancha vaqtga yo’qotdik. Unda jarohat bor va bu yaxshi emas” – deydi Mourino.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Qirg‘izistonda 29 avgust motam kuni deb e’lon qilindi

$
0
0
Download PDF

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat fuqarolari Moskvadagi omborxonada chiqqan yong‘in oqibatida halok bo‘lgani munosabati bilan 29 avgustni motam kuni deb e’lon qildi.

Qirg‘izistonda 29 avgust motam kuni deb e’lon qilindi

“Prezident 29 avgustni fojia qurbonlari xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qildi”, deyilgan xabarda.

Shu kuni mamlakatda davlat bayroqlari tushirilib, qo‘ngilochar tadbirlar bekor qilinadi. Radio va telekanallarda ko‘ngilochar dasturlar va reklama to‘xtatiladi.

Yong‘in 27 avgust, shanba kuni ertalab sodir bo‘ldi. Bundan oldingi xabarlarda hodisa vaqtida halok bo‘lgan 17 kishining 14 nafari qirg‘izistonlik ekani ma’lum qilingandi.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Rossiya do’konlarida dunyodagi eng mayin noutbook sotuvga chiqdi

$
0
0
Download PDF

HP kompaniyasi 2016-yil aprel oyida dunyodagi eng mayin noutbook HP Spectre 13 modelini taqdim etgan edi. Oradan 5 oy o’tib, avgust oyiga kelib ushbu noutbook Rossiya bozorlarida sotuvga chiqdi.

HP Spectre 13 noutbooki sotuvga chiqdi

HP Spectre 13 noutbookining qalinligi atigi 10.4 mm bo’lib, Macbookdan ham 2.8 mm’ga mayinroqligi bilan dunyoda eng mayin noutbook deb tan olingan.

Noutbookning Core i5 256 GB modeli hozirda 130 ming rublda sotuvda. Core i7 512 Gb model esa 20 mingdan ortiqroq deb xabar berilmoqda.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Zidan Pogbani sotib olishni istagandi

$
0
0
Download PDF

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayolaning ta’kidlashicha, futbolchi “Real”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan.

Zidan Pogbani sotib olishni istagandi

“Mourino Polni barvaqt ”Manchester Yunayted“ga olib kelishni istagandi. Zidan ham Pogbani sotib olishni xohlayotgandi. Shuningdek, unga 5 yoki 6 jamoa ham qiziqish bildirgandi. Men va Pol uchun ”Real“dan ko‘ra, ”MYU“ning taklifi yaxshiroq bo‘lib chiqdi”, – deydi Rayola Goalga bergan intervyusida.

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Android va iPhone o’rtasida jang. Qaysi kuchli IOS yoki Android?

$
0
0
Download PDF

Blancco guruhining texnologik ekspertlari smartfonlarda eng ko’p uchraydigan muammolarni aniqladi. Ushbu statistika natijasida shu vaqtgacha eng kuchli va chidamli deb kelinayotgan iPhone o’z o’rnini Android’ga bo’shatib berdi.

Названы самые проблемные смартфоны Названы самые проблемные смартфоны

iPhone ikki barobar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

2016-yilning boshida iPhone’ning 25% smartfonlari talabga javob bermaydigan edi. Yilning ikkinchi choragi boshiga kelib bu ko’rsatkich 58%’ga yetdi. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, iPhonening davri yakun topmoqda.

 

Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida

Viewing all 420 articles
Browse latest View live