Bugun, 17 iyun kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi Sputnik mavzesida sobiq Usmon Nosir istirohat bog`i yangi “Green Park” nomi bilan ish boshlaydi.
Joriy yilda mazkur istirohat bog`ining umumiy maydoni 4 gektar bo`lgan hududiga 16 ta yangi attraksionlar o`rnatilgan qismi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo`ladi. Attraksionlar Evropadan keltirilgan. Ulardan foydalanish 1000 so`mdan 4000 so`mgacha etib belgilangan.
Bog`ning qolgan qismi, ya`ni sun`iy suv havzasi bor hududi obodonlashtirish ishlari hali davom etayotgani bois keluvchilarni qabul qilmaydi.
Avvalroq “Green Park” istirohat bog`i 10 iyunda ish boshlashi rejalashtirilgani xabar qilingan edi, lekin ayrim sabablarga ko`ra uning ochilishi biroz kechikdi.
Запись Bugun Sergelida yangi istirohat bog’i ochiladi впервые появилась Lorem.uz | Birinchi 3 o'lchamli yangiliklar va maqolalar portali.