Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Qirg‘iziston hamda Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini boshqarib boradi.
6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinni boshqarishda Ermatovga qanot hakamlari – Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi.
Qirg‘iziston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmatining ucharshuvni boshqaradigan hakamlar haqida bergan xabarida Ravshan Ermatovning 2010, 2014 yillarda o‘tkazilgan jahon chempionatlari, 2012 yildagi Olimpiada, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Osiyo Kubogi kabi yirik musobaqalarda ishlagani, jahon chempionatlarida boshqargan o‘yinlari soni bo‘yicha rekord sohibi ekani ta’kidlanadi.
Shuningdek, Ravshan Ermatov 2015 yilda Globe Soccer Awards taqdimotida eng yaxshi hakam sifatida e’tirof etilgani xabarda alohida qayd etib o‘tilgan.
Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida