2016 yil 9 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Facebook ijtimoiy tarmog‘ining korporativ sahifasida futbol bo‘yicha Yevropa birinchiligiga bag‘ishlangan “EUROmaniya” tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi. Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati davomida har kuni sahifa foydalanuvchilariga har bir o‘yinning hisobini topish taklif etiladi. 10 iyundan 10 iyulga qadar tanlov ishtirokchilariga sovg‘a ballari qo‘shiladi, ularning yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
“EUROmaniya” tanlovi g‘oliblarini smartfonlar va “Beeline Club” imtiyoz kartalari kutmoqda. Fransiya va Ruminiya terma-jamoalari o‘rtasidagi o‘yin natijalari haqidagi birinchi savol ertaga 10 iyun kuni beriladi.
Tafsilotlar http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.
Запись “Beeline” futbol bo‘yicha Yevropa chempionati davomida Facebookda “EUROmaniya” tanlovini o‘tkazadi впервые появилась Lorem.uz | Birinchi 3 o'lchamli yangiliklar va maqolalar portali.