Bloger Sanjar Said “feysbuk”dagi o’z sahifasida imkoniyati borlarni Farg’ona viloyatining Quvasoy tumani, Polmon qishlog’ida yashovchi, o’ta ehtiyojmand oilaga moddiy yordam ko’rsatishga chorladi.
Jumladan u shunday yozadi: “ Biror qiyin ahvolga tushib qolgan odamlarga yordam kerak ekan, desangiz, HOZIR BUNAQALAR KO’P, deydiganlar ham ko’paydi. Iltimos! Shu gapni aytmang! Qo’lingizdan kelsa yordam bering, bunga qurbingizgiz Yetmasa imkoni borlarga bechora, miskinlarning muammosini aytib ko’ring, sizdar hech narsa ketmaydi! Shungayam kuchingiz Yetmasa ular haqiga duo qiling va JIM TURING!!!
Eshitishimcha, Quvasoyning Polmon qishlog’ida erkaklar ham, himmatlilar ham qolmagan ekan uyida erkagi yo’q bir oilaga yordam beradigan. Uylari juda g’arib holda ekan.
Murojaatim faqat himmati baland, Allohga tavakkali kuchli va jannatdan umidi borlarga! Qo’lingizdan kelsa shu oilaga yordam bering, buning uchun dunyoning qaysi burchagida yashayotganingiz ahamiyatga ega emas, yordam qo’lini cho’zaman deganlarga hamisha imkon topilgan!”
Blogerning ma`lum qilishicha, qish oldidan qulab tushay deb turgan uyni ta`mirlash uchun:
3 ta rom
1 ta eshik
1 tonna tsement
1 ta gaz plitasi
1 ta kotyol
3000 ta g’isht kerak bo’ladi.
Murojaat uchun telefon raqami: +998937398474
Yanada qiziqarli yangiliklar Lorem.uz saytida