Apple kompaniyasi SIM-karta uchun ikkita slotga ega smartfonga patent oldi. Ekspertlarning aytishicha, ikki SIM-kartali iPhone’lar sentabr oyining boshidayoq taqdim etilishi mumkin.
AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi tomonidan e’lon qilingan patent arizasi Dual SIM Dual Active (DSDA) texnologiyasini tavsiflaydi. Unga ko‘ra, ikkita SIM-karta doimiy ravishda faol holatda bo‘lib, bir-biridan mustaqil ravishda bitta yoki alohida-alohida operatorlarning tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi.
Buni amalga oshirish uchun Apple smartfonni SIM-kartalar uchun ikkita slot, ikkita resiver, ikkita antenna va bitta radiouzatkich bilan ta’minlaydi. Ekspertlarning fikricha, 3,5 millimetrli portdan voz kechilishi barcha unsurlarni smartfon o‘lchamini kengaytirmasdan joylashtirish imkonini beradi.
Ilgari ikkita slotga ega iPhone suratlari chop etilgan edi.
Запись Apple ikki SIM-kartali iPhone chiqarishi mumkin впервые появилась Lorem.uz.