Quantcast
Channel: Lorem.uz –Ўзбекистон ва жаҳон янгиликлари
Viewing all articles
Browse latest Browse all 420

Facebook daromadi ikkinchi chorakda 59 foizga o’sdi

$
0
0

Facebook ijtimoiy tarmog’ining 2016 yil ikkinchi chorakdagi daromadi o’tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 59 foizga o’sib, 6,43 mlrd dollarni tashkil etdi, deyiladi kompaniya hisobotida.

WSJ: Facebook daromadi ikkinchi chorakda 59 foizga o'sdi

Kompaniyaning daromadi har bir aktsiya hisobidan 97 tsentni tashkil etgan, o’tgan yili bu raqam 50 tsentdan iborat bo’lgan edi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, tahlilchilar har bir aktsiya uchun 82 tsentlik daromadni taxmin qilishgan. Shunday qilib, kompaniyaning 2016 yil ikkinchi chorakdagi sof daromadi 2,06 mlrd dollarga etgan.

Ijtiomiy tarmoqning ikkinchi chorakda reklamadan ko’rgan foydasi 63 foizga o’sib, 6,24 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda, uning 83 foizi mobil reklamadan tushgan. Umuman, Facebook kompaniyasining 2016 yilgi daromadi 25 mlrd dollarni tashkil etishi mumkinligi aytilmoqda.

Ushbu hisobotdan so’ng, kompaniya aktsiyaari narxi 6 foizdan ko’proqqa o’sgan.

Запись Facebook daromadi ikkinchi chorakda 59 foizga o’sdi впервые появилась Lorem.uz.


Viewing all articles
Browse latest Browse all 420