Quantcast
Channel: Lorem.uz –Ўзбекистон ва жаҳон янгиликлари
Viewing all articles
Browse latest Browse all 420

Istanbul tijorat universiteti rektorining hibsga olinishi davomida politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

$
0
0

Turkiyadagi Istanbul tijorat universiteti rektorining 21-iyul, payshanba kuni hibsga olinishi davomida politsiyachilar o‘rtasida qurollangan to‘qnashuv sodir bo‘lishiga bir bahya qoldi. Rektor Nozim Ekrenning shaxsiy soqchilari uni qo‘lga olish uchun kelgan politsiyachilarga qurol qaratgan.Rektor soqchilari politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatgach, huquq-tartibot xodimlari otryadi Turkiya IIVning maxsus topshiriqli otryadini yordamga chaqirdi. Qayd etilishicha, to‘qnashuv vaqtida havoga ikki bor o‘q uzildi. O‘q tovushlari universitet hududida vahima keltirib chiqardi, ammo hech kim jabrlanmadi.

Истанбул тижорат университети ректорининг ҳибсга олиниши давомида полициячилар ўртасида тўқнашув содир бўлди

Nozim Ekren va uning ikki nafar soqchisi maxsus topshiriqli otryad xodimlariga taslim bo‘ldi va hibsga olindi. Rektor Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinishni tashkillashtirishda aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

16-iyul voqealaridan so‘ng ta’lim sohasi vakillari ham harbiy to‘ntarishga aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olinmoqda. Ayni damda to‘rt mingga yaqin maktab va universitet o‘qituvchilari ishdan chetlatildi, ba’zi oliy o‘quv yurtlarining o‘nlab dekan va rektorlari o‘z ishidan ozod etildi.

Запись Istanbul tijorat universiteti rektorining hibsga olinishi davomida politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi впервые появилась Lorem.uz.


Viewing all articles
Browse latest Browse all 420