2016 yil 30 may, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Beeline Club‘ning Facebook sahifasiga 10 000-foydalanuvchi obuna bo‘lgani haqida xabar beradi. “Beeline Club” sahifasi kompaniyaning bugungi kunda 150 000dan ziyod obunachilariga ega bo‘lgan “Beeline Uzbekistan” asosiy korporativ sahifasidan alohida yaratilgan bo‘lib, bonus dasturi yangiliklari va “Beeline Club” hamkorlari bilan o‘tkaziladigan tanlovlar haqida tezkor xabar berish maqsadida yaratilgan.
2011 yildan beri “Beeline O‘zbekiston” www.facebook.com statistikasini olib boruvchi www.socialbakers.com obro‘li halqaro portali tomonidan birinchi raqamli Facebook-brendi deb tan olingan. 2014 yilda esa “Beeline O‘zbekiston” www.odnoklassniki.ru saytida obunachilar soni bo‘yicha birinchi raqamli operator sifatida tan olingan.
Tafsilotlar https://www.facebook.com/beelineclub/ saytida.
Запись “Beeline Club”ning Facebook‘dagi sahifasiga 10 000dan ortiq kishi obuna bo‘ldi впервые появилась Lorem.uz | Birinchi 3 o'lchamli yangiliklar va maqolalar portali.